Italiya Kubogi, 1/2 final. Rim derbisida sensatsiya qayd etildi
Italiya Kubogi yarim final ilk o‘yinida Rim shahrining ikki vakili – “Latsio” va “Roma” o‘zaro bahs olib bordi.
Mazkur uchrashuvda “Latsio” kutilmaganda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, barchani hayratda qoldirdi. O‘yining 29-daqiqasida Milinkovich-Savich hisobni ochdi. 78-daqiqada Chiro Immobile “Latsio” ustunligini oshirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini oldidan “Latsio” katta ustunlikka ega bo‘ldi. Avvalroq “Yuventus” yarim final dastlabki o‘yinida “Napoli” ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergandik.

Latsio – Roma 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Milinkovich-Savich, 2:0 – 78 Immobile.
Latsio – Strakosha, Basta, Bashtush, Uolles, Lukaku (Krekko, 80), Parolo, Bigliya, Felipe Anderson (Keyta, 67), Milinkovich-Savich (Murdjia, 90), de Vrey, Immobile.
Roma – Alisson, Bruno Peres (Totti, 86), Manolas, Ryudiger, Emerson, Salax (El-Shaaravi, 69), Paredes (Perotti, 63), Nainggolan, Strotman, Fasio, Jeko.
Ogohlantirishlar: Parolo (41), Ryudiger (72), Strakosha (76), Bigliya (90).

Fikrlar