
Italiya OAV: "Yuventus" kecha Remzi bilan shartnoma imzoladi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi "Yuventus" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turinliklar kecha Italiya Superkubogida “Milan” (1:0) ustidan g‘alaba qozonishgach 28 yoshli uelslik futbolchi bilan shartnoma imzolashgan. Unga ko‘ra Remzi “Yuve” safiga 2019 yilning 1 iyulida, ya’ni “kanonirlar” bilan shartnomasi nihoyasiga etgach erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. Uning Turindagi yillik maoshi esa 8 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum APLda jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar