Italiya terma jamoasining 5 nafar etakchisi ertaga AQShga qarshi bahsda ishtirok etmaydi
Italiya terma jamoasining 5 nafar etakchi futbolchisi ertaga AQShga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra "Skuadro Adzurro" bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoa a’zolari Jorjio Kellini, Alessandro Florentsi, Jorjino, Lorentso Pellegrini va Lorentso Insinelarning barchasiga dam berishga qaror qilgan va ushbu o‘rtoqlik o‘yinida yosh futbolchilarga imkon bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya – AQSh uchrashuvi ertaga 20 noyabr kuni Belgiyaning Genk shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar