
Ivan Rakitich: Xorvatiyani JCh-2018da butun dunyo yoqtirib qoldi, bu 1000ta g‘alabadan yaxshi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Xorvatiya terma jamoasining JCh-2018dagi ishtiroki haqida gapirib o‘tdi.
“Eng yoqimlisi shuki, bizni butun dunyo yoqtirib qoldi. Bu 1000ta g‘alabadan yaxshiroq.
Ushbu musobaqada siz turli bosimlarda toblanasiz va shu bilan birga sizni ruhlantirishadi ham.
Mundialda ishtirok etgan boshqa mamlakatlarga hurmat saqlagan holda shuni aytmoqchimanki, bundan e’tirof Xorvatiyadek kichkina davlat uchun ulkan natija”, - deydi Rakitich.
Eslatib o‘tamiz, Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi finalga qadar etib borib, hal qiluvchi o‘yinda Frantsiyaga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.
Fikrlar