Ivan Rakitich o‘ziga kela olmayapti
“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich PSJga qarshi (6:1) kechgan fantastik o‘yindan keyin hamon o‘ziga kela olmayotganini aytdi.
“Qo‘zlarimga ishona olmayapman. O‘yin tugab bo‘ldi, ammo men hali ham o‘zimga kela olmayapman. Bunaqada aqldan ozish hech gap emas! Jamoadoshlarim hamda barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bugun o‘zgacha kun bo‘ldi.
![]()
Dastlabki o‘yindagi mag‘lubiyatni qabul qilish oson bo‘lmadi, ammo biz munosib javob qaytardik. Bu muvaffaqiyat tarixga kiradi. Biz yuqori natijalarga erishmoqchimi, – deydi Ivan Rakitich.

Fikrlar