
JCh-2018 munosabati bilan Rossiyada 100 ming ish o‘rni yaratildi
Bugun Sankt-Peterburg shahrida Rossiya futbol ittifoqining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda JCh-2018ga tayyorgarlik doirasidagi rasmiy ko‘rsatkichlar e’lon qilindi.
Ushbu musobaqa Rossiyaga 638 mlrd rubl soliq tushumi olib kelgan. Bundan tashqari mamlakatda 100 ming nafar yangi ishchi o‘rni yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, yig‘ilish davomida RFI prezidenti Vitaliy Mutko kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan mundialda mamlakatning bir qator toifadagi fuqarolari uchun bepul chiptalar berilishiga va’da berdi.
Fikrlar