JCh tarixida 1-marta o‘zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

  • 1 aprel, 2018, 16:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning 14 iyun kuni Rossiya federatsiyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi. Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lib, bu ro‘yxatda hamyurtlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov borligi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Tecno

FIFA tashkilotidan yana bir xushxabar keldi: Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassis mundial o‘yinlarida komissar sifatida ishlaydi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.  

O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan holda, O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani o‘z samarasini bermoqda. Shu hamkorlik natijasida FIFA tashkiloti o‘zbekistonlik mutaxassislarga Xalqaro musobaqalarda ishlash uchun imkoniyat taqdim etyapti.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCh-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.

- Albatta, FIFA tomonidan kelgan taklifdan juda xursandman. Bu juda katta ishonch va shu bilan birga katta mas’uliyat ham. O‘z o‘rnida yurtimizda futbolga hukumat darajasida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlagan holda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahabariyati tomonidan futbolni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida qayd etish kerak.

Bu islohotlar natijasida biz kabi mutaxassislarga yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilmoqla. Biz bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilishga va’da beramiz, - deydi Olim Arifov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!