Jahon chempionatining yangi rekordchilari ma’lum

BEPUL PROPAN

Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ta’kidlash joiz, bu musobaqa yangi vazn toifalarida o‘tkazilib, unda qayd etilayotgan natijalar yangi rekord sifatida qayd etiladi. 

Ilk g‘oliblar eng engil vazn toifasida aniqlab olindi. Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida KXDR vakili Yun Chol Om 282 kg (120+162) natija bilan g‘olib chiqqan bo‘lsa, ayollar tiofasida tailandlik Tunya Sukchareon 186 (80+106) natija bilan oltin medalni o‘ziniki qildi.

Shuningdek, erkaklar toifasida qozog‘istonlik Arli Chontey (258 kg) va italiyalik Mirko Skrantino (252 kg) shohsupaga ko‘tarilishgan bo‘lsa, ayollardan tailandlik Chirapxan Nantxavong (171 kg) va mezbonlardan Yulduz Jumaboeva (169 kg) ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!