Jahon chempioni Adhamjon Ergashev Osiyoda ham barchadan ustun ekanligini isbotladi

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Ushbu musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi -62 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvda ishtirok etgan sportchimiz Adhamjon Ergashev har ikkala yosh toifasida  barcha yo‘nalishlarda 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

17 yoshli hamyurtimiz dast ko‘tarishda 121 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, siltab ko‘tarish mashqida 151 kilogrammni zabt etdi. 

Iqtidorli hamyurtimiz yoshlar o‘rtasidagi bahslarda Iroq va pokistonlik raqiblarini ortda qoldirgan bo‘lsa, o‘smirlar o‘rtasida Xitoy va tailandlik tengdoshlaridan ustun keldi.   

Qayd etish joiz, hamyurtimiz 19-25 oktyabr kunlari Malayziyaning Penang shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham raqiblaridan ustunligi isbotlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!