
Jeyson Murilo bugun "Barselona"da debyut qilishi mumkin
“Barselona” bugun La Liganing 18-turi doirasida “Xetafe”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Ernesto Valverde bugun tarkibga jarohatidan sog‘ayib qaytgan Malkom va Serji Robertoni, shuningdek yaqinda “Valensiya”dan ijaraga olingan Jeyson Murilolarni kiritdi.
Ammo, “Xetafe”ga qarshi bahsda Rafinya, Tomas Vermalen va Samyuel Umtitilar “Barsa”ga yordam bera olishmaydi. Ularning barchasi hamon jarohatini davolatish bilan band.
Ma’lumot uchun, “Xetafe” – “Barselona” o‘yini 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar