Jiru: O‘ylaymanki bu faoliyatimdagi eng chiroyli gol

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Olive Jiru kecha "Kristal Pelas"ga qarshi (2:0) bo‘lib o‘tgan premer-liganing navbatdagi  uchrashuvida kiritgan fantastik goli haqida gapirib o‘tdi.

“Bu mening eng chiroyli golim deb o‘ylayman. Aleksis menga to‘pni sal orqaroqda uzatdi va men unga tovonim bilan zarba berishga qaror qildim. Natija juda ham ajoyib bo‘ldi. Men esa deyarli muvozanatimni yo‘qotgan edim.

Biz g‘alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Jamoamiz turnir jadvalida muammosiz yuqori o‘rini egallab turibdi. Yangi yildagi ilk o‘yinda g‘alaba qozonganimiz juda ham yoqimli”, - deydi frantsiyalik futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida.

Quyida ushbu super golni tomosha qilishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!