
Jismoniy tarbiya va sport sohasiga innovatsiyalarni joriy etishda jahon banki bilan hamkorlik qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Jahon Banki delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda vazir Dilmurod Nabiev delegatsiya a’zolariga yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, aholini sportga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbirda Jahon Banki ekspertlari bilan O‘zbekiston sport tizimini boshqarishda innovatsiyalarni amalga oshirish, jahon standarti talablariga mos sport xodimlarini, o‘qituvchi-trenerlarini tayyorlash, sport inventarlari bilan jihozlash, sportga davlat-xususiy sherikchilik tizimi hamda axborot texnologiyalarini tatbiq qilish kabi masalalarning hamkorlikdagi echimlari muhokama qilindi.
Yakunda tomonlar yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi yirik loyihani hamkorlikda ishlab chiqish hamda amalga oshirishga kelishib olishdi.
Fikrlar