Joau Mariu faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin

  • 1 avgust, 2018, 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lissabonning "Sporting" klubi "Inter" yarim himoyachisi Joau Mariuga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Football Italia nashrining xabar berishicha lissabonliklar “Inter” safida o‘ynashni istamayotgan sobiq futbolchisini ortga qaytarishmoqchi. Aytish lozimki, Mariuga shuningdek "Everton", "Bornmut", "Vest Xem" va "Vulverxempton" kabi APL klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Inter” safida jami 15ta o‘yinda ishtirok etdi. Mavsumning ikkinchi yarmini esa “Vest Xem”da ijara asosida o‘tkazib, 14ta o‘yinda 2ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “neradzurrilar” Mariuni bundan 2 yil muqaddam 40 million evroga xarid qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!