Jokovich: "Devis Kubogi" turnirining tashkilotchilaridan norozi
Serbiyalik Novak Jokovich "Devis Kubogi" haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Yangilangan "Devis Kubog"ining o‘tkazilish mavsumi top tennischilar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Men ATP tashabbusi ostida o‘tayotgan "World Team Cup"da ishtirok etishni ma’qul ko‘rdim. Ammo jamoam bilan bu borada suhbatlashib bir qarorga kelaman, - deb yozib qoldirdi Jokovich o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq dunyoning ikkinchi raketkasi Rojer Federer ham "Devis Kubogi"da ishtiroki so‘roq ostida qolayotgani haqida e’lon qilgandi.
Fikrlar