
Joriy mavsum top-5 chempionatlaridagi eng zo‘r driblingchilar ma’lum qilindi
Football Observatory tahlil markazi joriy mavsum Evropa kuchli beshlik chempionatlaridagi eng zo‘r driblingchilarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra “Barselona” forvardi Lionel Messi bu borada yaqqol etakchilik qilmoqda. 31 yoshli argentinalik futbolchi o‘rta hisobda har o‘yin davomida 19,2 daqiqada bir marta raqiblarini muvaffaqiyatli aldab o‘tmoqda.
Kuchli uchlikdan esa “Nitstsa” yarim himoyachisi Allan Sen-Maksimen (19,8) hamda “Chelsi” vingeri Eden Azar (21) joy oldi.
Eng yaxshi driblingchilar o‘nligida esa Naim Sliti («Dijon»), Usman Dembele («Barselona»), Jeydon Sancho («Borussiya» D), Markus Tyuram («Gengam»), Jeff Ren-Adelaid («Anjer»), Uilfrid Zaa («Kristal Pelas») va Anxel Korrealar («Atletiko») bor.
E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan PSJ forvardi Kilian Mbappe hamda “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldular joy olishmagan.
Fikrlar