Joshua va Povetkin jangi chiptalari sotuvga chiqarildi

  • 31.07.2018 11:05
  • 0
  • Boks

Super og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, IBO, WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua va rossiyalik Aleksandr Povetkin o‘rtasida o‘tadigan to‘qnashuv chiptalari sotuvga chiqdi.

Bu bokschilar o‘rtasidagi chempionlik jangi 22 sentyabr kuni Londondagi “Uembli” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Stubhub.co.uk saytining ma’lum qilishicha, chiptalar narxlari 40 funtdan 2000 funtgacha etib belgilangan. Shuningdek, bitta xaridor bu erda oltita chipta ortiq kirish ruxsatnomasini sotib ololmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!