
Joze Mourino: Runi “Manchester Yunayted”ning haqiqiy afsonasiga aylandi
“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Ueyn Runining muvaffaqiyati borasida gapirib o‘tdi.
Angliyalik hujumchi “Stok Siti”ga qarshi (1:1) APL 22-tur o‘yinining so‘nggi daqiqalarida jarimadan gol kiritib, “MYu”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Eng asosiysi esa u “qizil iblislar” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
“Rekord – baribir rekord. Bu Angliya hamda dunyoning eng buyuk klublaridan birining rekordi desam, adashmayman. Ueynga qadar rekord ingliz futboli afsonasiga tegishli edi. Endi Runi “Manchester Yunayted”ning haqiqiy afsonasiga aylandi”, — dedi Mourino.
Fikrlar