
Jurnalistlar diqqatiga!
O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan Olmaliqning AGMK jamoasi ertaga, 9 noyabr kuni futbolchilarni taqdirlash marosimini o‘tkazadi.
Shu munosabat bilan poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan sport jurnalistlari uchun ertaga soat 10:30da "O‘zbekiston" mehmonxonasi yonida Olmaliq shahriga olib borib, qaytish uchun maxsus avtobus tashkil qilinadi. Ushbu tadbirga taklif etilgan jurnalistlar 10:30dan kechikmasdan aytilgan manzilga kelishlari so‘raladi.
AGMK matbuot xizmati.
Fikrlar