KK–2017. Draksler Avstraliya – Germaniya o‘yinining eng yaxshi futbolchisi topildi
Bundan bir necha daqiqa oldin Sochi shahridagi «Fisht» stadionida Avstraliya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu bahsda Yoaxim Lyov boshqaruvidagi «nemis mashinasi» 3:2 hisobida «sokkeruz» ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.
KK-2017. Germaniya Avstraliyani mag‘lub etdi. Matnli translyatsiya(foto)
Ushbu o‘yinning eng yaxshi futolchisi esa nemislar sardori Yulian Draksler bo‘ldi. U bud-match.com saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada muxlislar talqiniga ko‘ra uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Draksler ushbu bahsda penaltidan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar