
Kalinich ham JCh-2018 kumush medallari bilan taqdirlanadigan bo‘ldi
Xorvatiya terma jamoasi matbuot kotibi Tomislav Pachakning so‘zlariga ko‘ra hujumchi Nikola Kalinichga ham JCh-2018 kumush medallari beriladi.
“Kalinich ham kumush medalni oladi. Bu futbolchilarning qarori”, - deydi Pechak.
Eslatib o‘tamiz, Kalinich Xorvatiya terma jamoasi bilan birga JCh-2018ga kelgan, biroq ilk turda Nigeriyaga (2:0) qarshi bahs oxirida zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgani sabab jamoadan chetlatilgan edi.
Fikrlar