Kamolaga muxlislik qilamiz
Tailandda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Hua Hin-2016" xalqaro turnirida yurtimiz sharafini Kamola Umarova va Arina Folts himoya qilmoqda.
Kamola Umarova musobaqani saralash bellashuvlaridan boshladi. Iste’dodli tennischimiz asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bellashuvda yaponiyalik Chinatsu Shimitsuni 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbek tennischisi asosiy to‘rning birinchi davrasida tailandoik Plobrung Rlipuexga qarshi kortga chiqadi.
Arina Folts esa dastlabki bosqichda hindistonlik Natasha Palxadan 6:2, 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar