Kante PSJ bilan shaxsiy kelishuvga erishdi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi N’Golo Kante jamoasini o‘zgartirishga va faoliyatini vatanida davom ettirishga tayyor.
Le Parisen tarqatgan xabarga qaraganda 27 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘ziga jiddiy takliflar bildirayotgan PSJ rahbariyati bilan shaxsiy kelishuvga erishgan va Parijga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgan. Kantening “Chelsi”dan ketishiga asosiy sabablardan biri sifatida uning yangi mavsumda ham Chempionlar ligasida o‘ynash istagi bor ekanligi keltirilmoqda.
Biroq, Kantening hozircha PSJga ko‘chib o‘tolmasligiga UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun Parij klubiga yangi futbolchi sotib olish uchun qo‘ygan ta’qiqi sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kante o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Kante shuningdek yaqinda nihoyasiga etgan JCh-2018 bahslarida Frantsiya terma jamoasi safida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.



Fikrlar