Karatechimiz "Premer liga" musobaqa sovrindori
Turkiyaning Istanbul shahrida karate bo‘yicha «Premier League» tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqa nihoyasiga etdi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishi haqida xabar berib o‘tgandik. Jahonning 35 davlatidan 607 nafar sportchi qatnashgan nufuzli turnirda g‘olib va sovrindorlar 14 ta vazn toifasida aniqlandi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, -50kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahriniso Babaeva finalgacha etib borib, kumush medal sohibasiga aylandi.
Terma jamoamiz etakchisi, «Premier League» turnirlarining Parij (Frantsiya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA) va Rabot (Marokash) shaharlarida bo‘lib o‘tgan musobaqalari g‘olibi Sadriddin Saymatov bu safar sovrindorlar qatoridan joy ola bilmagan bo‘lsada, yangilangan jahon reytingida u katta ehtimol bilan o‘z vazn toifasida yana peshqadamga aylanadi.

Fikrlar