Karvaxalga APLning ikki grandi jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • 13.10.2018 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Dani Karvaxalga APLning ikki klubidan qiziqishlar bo‘la boshladi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 26 yoshli ispaniyalik futbolchini "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari o‘z saflarida ko‘rishmoqchi. Karvaxalning taxminiy transfer bahosi esa 60 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Karvaxalning o‘zi ham APLda o‘ynash niyati borligi haqida gapirib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!