Kasilyas faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi
"Portu" klubi darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini qaysi jamoada yakunlamoqchi ekanligini aytdi.
“Bu erda to‘p surayotganimdan mamnunman. Faoliyatimni “Portu”da yakunlamoqchiman”, - deydi 37 yoshli ispaniyalik darvozabon.
Ma’lumot uchun, Kasilyas 1999-2015 yillarda Madridning “Real” klubida to‘p surgan. Shundan so‘ng “Portu” safiga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar