Keyn: Pochettinoning ish uslubi barchamizga yoqadi

  • 13 yanvar, 2019, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bizning hammamizga Pochettinoning ish uslubi juda yoqadi. Biz u bilan yaxshi jamoa shakllantirdik. Oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Sovrin yutish vaqti keldi.

Pochettino nafaqat yaxshi murabbiy, balki ajoyib insonhamdir. U barchamizga do‘stlarcha muomala qiladi. U hurmatga loyiq va biz u bilan ishlashni xohlaymiz”, - deydi angliyalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" bugun o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 21:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!