Kilian Mbappe Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Xabaringiz bor bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.
O‘yindan so‘ng musobaqada 4ta to‘p kiritib, Frantsiya terma jamoasi safida Antuan Grizmann bilan birgalikda to‘purar bo‘lgan 19 yoshli hujumchi Kilian Mbappe FIFA tomonidan ushbu mundialning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Ta’kidlash kerakki, Mbappe jahon chempionatlari finallari tarixida gol kiritgan Peledan keyingi eng yosh futbolchi bo‘ldi.



Fikrlar