
Klopp: Biz hech qachon Neymarni sotib ololmaymiz
Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp uning jamoasi futbol tarixidagi eng qimmat o‘yinchi hisoblangan PSJ forvardi Neymarni sotib ololmasligini aytdi.
“Biz Neymar bilan shartnoma imzolay olamizmi? Bu borada hech qanday imkoniyatga ega emasmiz, hech qanday! Biz ba’zi mashhur jamoalar singari davlatga tegishli emasmiz. Bizning o‘z cheklovlarimiz bor. Bizda konservativ rahbariyat bor”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Neymar PSJ safiga 2017 yil “Barselona”dan 222 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar