Klopp hech kim payqamagan futbolchini "Liverpul"ga oladi

  • 12 fevral, 2017, 20:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Iste’dodli futbolchilarni kashf etish qobiliyatini namoyish qilib kelayotgan Yurgen Klopp "Liverpul"ni kuchaytirish uchun yana bir futbolchi topdi.

Ayni paytda "Midlsbro" jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Gaston Ramires klubiga katta moddiy foyda keltirishga yaqin turibdi. Yurgen Klopp urugvaylik futbolchini yozgi transferlar vaqtida o‘z jamoasiga transfer qilmoqda.

Gaston Ramires 2016 yilning yozida "Midlsbro" tomonidan ijaraga olingandi. Yarim yildan so‘ng erkin agentga aylangan futbolchi bu klub bilan shartnoma tuzdi. Endi "Midlsbro" bepul qo‘lga kiritgan yarim himoyachisini mo‘may narxga transfer qilishi mumkin.

26 yoshli futbolchi Angliya premer-ligasida 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va uchta golli pas uzatdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!