Konfederatsiyalar kubogi - 2017. Kamerun - Chili uchrashuvi oldidan tarixni yodga olamiz (video)
Xabaringiz bor, bugun Rossiya yashil maydonlarida start olgan Konfederatsiyalar kubogi - 2017 musobaqasining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Hususan, Moskva shahridagi "Otkrytie Arena" o‘yingohida Kamerun va Chili terma jamoalari qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o‘yin oldidan ushbu terma jamoalarning o‘zaro so‘nggi rasmiy uchrashuvini yodga olmoqchimiz. Kamerun va Chili termalari so‘nggi bor rasmiy musobaqada 1998 yil Frantsiyada o‘tkazilgan mundialning guruh bosqichida to‘qnash kelishgan. Anchagina qo‘pol tarzda o‘tgan ushbu bahs 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlangan.
Keling o‘sha tarixiy bahsni birgalashib eslaymiz:

Fikrlar