Konfederatsiyalar kubogi-2017. Rossiya Yangi Zelandiyani mag‘lub etdi
Birozdan so‘ng, Konfederatsiyalar kubogi-2017 turniriga Rossiya va Yangi Zelandiya o‘yini bilan start beriladi. Hozirgina har ikkala jamoa murabbiylar ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar nomini e’lon qildi.
Konfederatsiyalar kubogi haqida siz umuman eshitmagan faktlar
SPORTS.uz internet axborot portali o‘z odatiga ko‘ra, katta musobaqalarni keng ko‘lamda yoritib boradi. Konfederatsiyalar kubogi-2017 bahslarni ham saytimiz ijodkorlari sizlarga tezkor tarzda etkazib borishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Jumladan, bugun bo‘lib o‘tadigan Rossiya – Yangi Zelandiya o‘yini ham saytimizda onlayn matnli trantslyatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Bizni kuzatib boring.
Konfederatsiyalar kubogi-2017. Guruh bosqichi. 1-tur
Rossiya – Yangi Zelandiya – 2:0 #Tugadi
Gollar: 1-0 32 Boksoll(avtogol), 2:0 - 69 Fyodor Smolov
Hakamlar: Vilmar Roldan, Aleksandr Gusman, Kristian de la Krus(barchasi Kolumbiyadan)
Rossiya: Akinfeev, Vasin, Djikiya, Kudryashov, Golovin, Jirkov, Samedov, Eroxin, Glushakov, Poloz, Smolov.
Yangi Zelandiya: Marinovich, Dyurant, Kolvi, Boksoll, Vinne, Makglinchi, Roxas, Smit, Tomas, Vud, Barbaruses.
Zahira hakami: Mark Geyger(AQSh).

Fikrlar