
Konor Makgregor Meyvezer bilan jang muddatini e’lon qildi
Jangovar sport turlariga qiziquvchi muxlislarning aksariyatini profesional boks yulduzi Floyd Meyvezer va aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregorning o‘zaro jangi qiziqtirib kelmoqda.
Bokschilik faoliyatini 49 ta g‘alaba bilan yakunlagan Floyd Meyvezer uni faqat Konor Makregor bilan bo‘ladigan jang ringga qaytarishi mumkinligini e’lon qilgan. Konor esa boks yulduzi bilan kuch sinashish uchun bokschilik litsenziyasini ham oldi.
Har ikki tomon jangga tayyor. Biroq, sportchilarning jangdan oladigan daromadi va tashkilotchilar masalasida bir qator kelishmoqchiliklarning borligi superjangga to‘sqinlik qilib turibdi.
Konor Makregor intervyu berib, agar ikki jangchi jang qilishni istasa, promouteru tashkilotchilar hech qanaqasiga to‘sqinlik qila olmasligini va jang qachon bo‘lishi mumkinligini aytdi.
- Floyd bilan jangimiz shu yilning oxirida, juda cho‘zilsa keyingi yilning boshida bo‘ladi, - dedi Konor Makgregor. - Agar bu jang o‘xshamasa, Menni Pakyao bilan ham kuch sinashishim mumkin. Hamma men bilan jang qilishni istaydi. Men esa ular orasidan istaganimni tanlash imkoniga egaman.
Floyd Meyvezer Konorning gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.
- Men muxlislarni xushnud etish uchun ringga qaytadigan bo‘lsam, faqat Konor bilan jang uchun ringga chiqaman, - dedi Floyd Meyvezer. - Bu jangni tashkil etish harakat qilyapmiz.
Mutaxassislar Meyvezer - Makgregor jangining gonorari bir milliard AQSh dollari miqdoriga etib borishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar