Koselnining qachon safga qaytishini Emerining o‘zi ham bilmaydi

  • 24.08.2018 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri ham jamoa himoyachisi Loran Kosielnining qachon safga qaytishini aniq ayta olmayapti.

“Kosielni o‘z ustida ko‘p mehnat qilyapti. Agar u safimizga qaytsa xursand bo‘lardik. U bizning sardorimiz hisoblanadi. Uning jarohati jiddiy edi va bu borada shoshilib bo‘lmaydi. Uning qachon safga qaytishi haqida bir nima deyishim qiyin. Lekin kundan-kunga o‘zgarish bo‘lmoqda”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Kosielni o‘tgan mavsum Evropa ligasi yarim finalida “Atletiko”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!