“Kristal Pelas” “Liverpul” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 31 dekabr, 2018, 06:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kristal Pelas” jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojsonning ma’lum qilishicha, “burgutlar” qishki transfer oynasida “Liverpul” hujumchisi Dominik Solankeni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

“Kristal Pelas” Solankeni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi lozim. Klub xo‘jayini futbolchiga bo‘lgan qiziqish haqida so‘zladi-mi, demak hech qanday sir yo‘q. Dominik hujum chizig‘imizgi kuchaytirishi aniq. U to‘purarlik qobiliyatini Angliya yoshlar termasi va “Chelsi” yoshlar jamoasida namoyish qilgan. U APL darajasidagi futbolchi”, – dedi Xojson.

Joriy mavsumda Dominik Solanke “Liverpul” tarkibida birorta o‘yinda ham maydonga tushmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!