
“Kyoln” – “Bavariya” uchrashuvi nima uchun Eronda tsenzuraga uchradi?
Germaniya Bundesligasining 33-turidan o‘rin olgan «Kyoln» hamda «Bavariya» (1:3) jamoalari o‘rtasidagi bahs translyatsiyasi Eronda tsenzuraga uchradi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha bunga uchrashuvni Bibiana Shtaynxaus ismli ayol hakam boshqarib borgani sabab bo‘lgan. Shu bois efir paytida hakam uzok planlarda ko‘rsatildi holos. Yaqin planda namoyish etilgan paytda esa transyatsiyada muxlislar ko‘rsatildi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Shtaynxaus Bundesligada 2017 yilning sentyabrida ilk uchrashuvini boshqargan edi. Shu tariqa u ushbu musobaqani boshqargan birinchi ayol hakam sifatida tarixga kirgan.
Fikrlar