La Liga. Kataloniya derbisida kuchlar teng keldi
Kecha Ispaniya La Ligasining 5-turidan Kataloniyaning ikki klubi – “Barselona” va “Jirona” o‘zaro kuch sinashishdi.
Gollarga boy kechgan qiziqarli bahs 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakunlandi.
"Barselona" – "Jirona" – 2:2
Gollar: Messi, 19 – 1:0; Stuani, 45 – 1:1; Stuani, 51 – 1:2; Pike, 63 – 2:2
Chetlatish: Langle, 35
"Barselona": ter Shtegen – Semedu, Pike, Lengle, Alba – Buskets, Artur (Rakitich, 58), Vidal (Koutino, 58) – Dembele (Umtiti, 46), Messi, Suares.
"Jirona": Bunu – Aday, Espinosa, Xuanpe, Alkakla, Munesa – Granel (Luis, 72), Pons, Garsiya B. (Garsiya A., 46) – Portu (Dumbiya, 85), Stuani.
Fikrlar