
La Liga. "Valensiya" yirik hisobda g‘alaba qozonib, 70 yillik rekordni takrorladi
Bundan biroz oldin, Ispaniya La ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Valensiya" hamda "Leganes" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alabaga erishdilar.
Bu "ko‘rshapalakalar"ning ushbu mavsumda qo‘lga kiritgan ettinchi g‘alabasi bo‘ldi va 70 yillik rekord yangilandi. So‘nggi bor valensiyaliklar 1947 yilda shunday ajoyib seriya qayd etishgan edi.
Ispaniya La Ligasi. 11-tur
Valensiya – Leganes 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 14 Parexo, 2:0 – 71 Rodrigo, 3:0 – 82, penalti Santi Mina.
Valensiya – Neto, Murilo, Gayya, Montoyya, Garay, Soler (Pereyra, 65), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Dzadza (Santi Mina, 78), Rodrigo (Toni Lato, 86).
Leganes – Kuelyar, Munos, Riko, Saldua (Tito, 76), Siovas, Pires, Moran (Gumbau, 60), Eraso (El-Jar, 69), Brashanats, Shimanovski, Bovyu.
Ogohlantirishlar: Munos (13), Bovyu (84), Parexo (90).
Fikrlar