Lallana Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi

  • 04.09.2018 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Adam Lallana Angliya terma jamoasiga bo‘lajak o‘yinlarda yordam berolmaydi.

Berilgan xabarlarga qaraganda 30 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan va terma jamoa qarorgohini ham tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Garet Sautgeyt boshchiligidagi jamoa dastlab 8 sentyabr kuni Ispaniyaga qarshi, oradan 3 kun o‘tib esa Shveytsariyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Har ikkala bahs ham UEFA Millatlar kubogi doirasidan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!