
Legionerlar: Bahodir Nasimov “Ansan Griners” tarixidagi ilk golga mualliflik qildi
Janubiy Koreya chempionati 1-ligasiga start berildi. Shu yil tashkil topgan “Ansan Griners” jamoasi safida o‘zbekistonlik Bahodir Nasimov to‘p surmoqda.
Jamoa ilk o‘yinini “Daejeon Sitizen”ga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida hamyurtimiz gol urdi va jamoa tarixidagi birinchi golga mualliflik qildi.
Yakunda Nasimov jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Fikrlar