
Legionerlarimiz. Bugun Davlatov va Galiulinlarning jamoalari ham o‘ynashadi
Bugun Rossiyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi liga – FNLda 31-tur o‘yinlariga start beriladi. O‘zbekistonlik futbolchilar – Vagiz Galiulin xamda Bobur Davlatovlar to‘p suradigan “Tosno” va “Nefteximik” jamoalari ham bugun o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi.
Bizning vaqt bilan soat 16.00 da Bobur Davlatov to‘p suradigan “Nefteximik” jamoasi o‘z maydonida “Luch-Energiya” klubini qabul qiladi. Qayd etish joiz, Davlatov jamoasi bugun 3 ochkoni qo‘lga kiritmasa, kelgusi yili mavsumni yanada quyi ligada o‘tkazishiga to‘gri kelish extimoli oshadi.
Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan “Tosno” jamoasi esa bugun Astraxan shahrida “Volgar” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin bizning vaqt bilan 18.30 da start oladi.
16.00 “Nefteximik” – “Luch-Energiya”
18.30 “Volgar” – “Tosno
Fikrlar