Legionerlarimiz. Bugun Sardor Rashidov Xaviga qarshi kubok finalida o‘ynaydi va boshqalar

  • 29 aprel, 2017, 09:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoy Super ligasida 7-tur o‘yinlariga start beriladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachilari – Egor Krimets xamda Anzur Ismoilovlar to‘p suradigan “Beyjing Guoan” xamda “Changchun Yatay” jamoalari o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.

Tecno

Eron Pro ligasida 29-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Terma jamoamiz etakchisi Server Jeparov to‘p suradigan “Sepaxon” jamoasi bu turda “Traktorsozi” klubiga qarshi bahs olib boradi. Aziz Ibragimovning “Mashinasozi” klubi esa “Mashxad”ni qabul qiladi.

Qozog‘istonda o‘ynaydigan futbolchilarimiz Aleksandr Geynrix xamda Shavkat Salomovlarning jamoalari ham bugun 9-tur doirasida o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Qatarda esa Shahzoda kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Sardor Rashidlv faoliyat olib boradigan "Al-Jaish" jamoasi Xavi to‘p suradigan "Al-Sadd"ga qarshi bahs olib boradi.

Quyida shu va boshqa legionerlarimiz faoliyat olib boradigan jamoalarining bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishasiz.

11.00 “Ansan Griners” – “Seongnam”(Bahodir Nasimov)

12.30 “Lyaoning Xunin” – “Beyjing Guoan”(Egor Krimets)

12.30  “Yanbyan” – “Chanchun Yatay”(Anzur Ismoilov)

15.00 “Shaxtyor” – “Ordabasi”(Aleksandr Geynrix)

17.00 “Taraz” – “Atirau”(Shavkat Salomov)

18.00 “Tosno” – “Spartak-2”(Vagiz Galiulin)

18.00 “Shinnik” – “Nefteximik”(Bobur Davlatov)

18.30 “Lokomotiv” – “Rubin(Vitaliy Denisov)

18.30 “Mashinasozi” – “Mashxad”(Aziz Ibragimov)

18.30 “Sepaxon” – “Traktorsozi”(Server Jeparov)

22.00 “Radnichki” – “Yavor”(Husniddin G‘ofurov)

23.00 "Al-Sadd" - "Al-Jaish"(Sardor Rashidov)

Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz axborot-portalida kuzatib boring.

Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!