Legionerlarimiz. Denisov jamoasi “Arsenal”ni mag‘lub etdi

  • 16 aprel, 2017, 22:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer ligasida 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bundan biroz oldin Vadim Afonin to‘p suradigan “Orenburg” klubi g‘alaba qozongani haqida ma’lumot bergan edik. Hozirgina esa Tula shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi – Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan “Lokomotiv” jamoasi “Arsenal” klubi mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Legionerlarimiz. Afonin to‘liq o‘ynagan bahsda “Orenburg” g‘alaba qozondi

37-daqiqadan e’tiboran bir kishi kam bo‘lib qolgan mezbonlar ikkinchi bo‘limda 3 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi va yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi. Hamyurtimiz o‘yinni to‘liq o‘tkazib, 75-daqiqada Kiril Kombarovga nisbatan qo‘pol harakati uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Lokomotiv” 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Rossiya Premer ligasi. 23-tur

“Arsenal Tula” – “Lokomotiv” 0:3

Gollar: M. Fernandes 53, Maykon 74(penaltidan), Ari 75

Ogohlantirishlar: Rasich 34, Vergara 9 – I. Denisov 38, V. Denisov 75, Al. Miranchuk 81, I. Shevchenko 90+1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!