
Legionerlarimiz. Musaevning jamoasi quyi ligaga tushib ketishi mumkin
Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi mamlakat chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan "Kavasaki Frontale" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda "Jubilo Ivata" raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Musaev 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng "Jubilo Ivata" hisobidagi ochkolar soni 41 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 18 jamoa orasida 16-o‘rinni egalladi. Endi esa ivataliklar quyi ligaga tushib ketmaslik uchun pley-off bahsida maydonga tushadi.
Ushbu o‘yinlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.
Yaponiya J ligasi. 34-tur
"Kavasaki Frontale" - "Jubilo Ivata" 3:1.
Fikrlar