Legionerlarimiz. Pardaev 8 daqiqa o‘ynagan bahsda “Bucheon” durang o‘ynadi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi – K liga Chellenj turnirida 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Kun doirasidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda hamyurtimiz Bahodir Pardaev faoliyat olib borayotgan “Bucheon” jamoasi o‘z maydonida “Tedjon Sitizen”ni qabul qildi.
Mazkur bahsda 1:1 hisobida kuchlar teng keldi. Pardaev esa 82-daqiqada zahiradan maydonga tushirildi.
K liga Chellenj. 7-tur
“Bucheon-1995” – “Nedjon Sitizen” 1:1
Gollar: Vaguino 21 – Vu Yung Min 28.

Fikrlar