
Lempard Chempionship jamoasini boshqaradi
Londonning “Chelsi” klubi afsonasi Frenk Lempard o‘zining murabbiylik faoliyatini “Ipsvich”da boshlashi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda “Ipsvich” tez orada o‘zining amaldagi bosh murabbiyi Mik Makkartini iste’foga chiqaradi va uning o‘rniga aynan Lempard tayinlanadi. Kecha Lempard klub xo‘jayini Markus Evans bilan uchrashgan va jamoani boshqarish taklifisha o‘z roziligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, “Ipsvich” joriy mavsum Chempionshipni 12-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar