Lempardni chetlatishdi
Mazkur bahsda texnik hududdan chetga chiqib, zaxira hakami bilan tortishgani uchun "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Lempard chetlatildi
Bu 40 yoshli mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi dastblabki chetlatilishi bo‘ldi. U jamoasi yarim himoyachisi Tom Lourensning 58-daqiqada chetlatilishi va penalti belgilanishidan norozi bo‘ldi.
"Men hakamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘raman, ammo bu erda hech narsa bo‘lmagan edi. Bu penali emas edi. Raqib engilgina penalti oldi, bizga esa berishmadi. Hamma narsa bizga qarshi bo‘ldi. Bunday o‘yinlar bo‘lib turadi", - dedi Lempard o‘yindan so‘ng.



Fikrlar