Leonardo: Hech kim Konte bilan aloqaga chiqqani yo‘q, Gattuzoning ketishi esa muhokama qilinmadi

  • 27.07.2018 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqindagina “Milan”ning texnik direktor lavozimiga tayinlangan Leonardo “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Antonio Kontening “rossonerilar” boshqaruviga kelishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

“Yaxshi murabbiy bo‘sh qolsa, bunday mish-mishlar ko‘payib ketadi va bu normal holat. Lekin bizdan hech kim hali Konte bilan aloqaga chiqqani yo‘q.

Yangi rahbariyat Gattuzoga ishonmoqda. Uning ketishi esa muhokama ham qilinmayapti. Gattuzo murabbiy bo‘lib o‘sdi, u haqiqiy “milanparast”. Shunday ekan keling bu mavzuni yopamiz”, - deydi Leonardo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!