Leonardo yana "Milan"ga qaytdi
Italiyaning “Milan” klubi sobiq bosh murabbiyi Leonardo yana jamoaga qaytdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik mutaxassis “rossonerilar” safida sport direktori lavozimini egalladi. Ta’kidlash kerakki, Leonardo faoliyati davomida PSJda ham ushbu lavozimda ish olib borgan. Uning so‘nggi ish joyi esa Turkiyaning “Antalyaspor” klubi bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Leonardo “Milan”da futbolchi sifatida 1997-2001, murabbiy sifatida esa 2009-2010 yillarda faoliyat olib borgan.

Fikrlar