
"Lester" Ispaniya terma jamoasi debyutantiga qiziqib qoldi
Ispaniyaning “Selta” klubi yarim himoyachisi Brais Mendes faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 21 yoshli Ispaniya terma jamoasi a’zosiga “Lester”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Tulkilar” Mendesni Ispaniya terma jamoasining Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘yinlarida kuzatishgan. U shu kuni o‘yindagi yagona golga mualliflik qilgan edi.
Cadena Cope nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Lester” bu borada “Selta” bilan aloqaga ham chiqqan. Vigoliklar esa uni 25 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Mendes joriy mavsum La Ligada jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar