"Lester" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 24 fevral, 2019, 16:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Lester” klubi bosh murabbiyi Klod Pyuel o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 57 yoshli mutaxassis bilan birga uning assistenti Jeki Bonnevey ham iste’foga chiqarildi.

Endi yangi murabbiyi kelshunicha bo‘lajak o‘yinlarga jamoani Mayk Stouell va Adam Sedler kabi murabbiylar juftligi tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Pyuel “Lester”ni 2017 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. “Tulkilar” kecha APLning navbatdagi turida o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga (4:1) imkoniyatni boy berib qo‘yishdi va o‘zlarining g‘alabasiz seriyalarini 7ta o‘yinga etkazishdi.

Ma’lumot uchun, “Lester” ayni dadma 32 ochko bilan premer-liga musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!